x

Mahalliy yangiliklar

Maktabgacha ta'lim tashkilotlariga yo`llanma olish jarayoni soddalashtirildi. Maktabgacha ta'lim agentligi, Adliya vazirligi va Raqamli texnologiyalar vazirligi hamkorligida fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida yo`llanma olish jarayoni  soddalashtirildi.

Endi yo`llanma shakllanishi bilan talabgorga SMS xabar orqali ariza raqami va maxfiy kod yuboriladi. Ushbu maxfiy kod bilan to`g`ridan to`g`ri bog`chaga borish va mudiraga murojaat etish kifoya.

Shakllangan yo`llanmani tasdiqlovchi maxfiy kod MTM mudirasiga aytilmaguncha u yo`llanmani ko`ra olmaydi va bu bilan korrupsiyaga yo`l qo`yilmaydi.

Yana bir ahamiyatli jihati, birgina 2022-yilning o`zida maktabgacha ta'lim tashkilotiga joylashtirish uchun 1 405 424 ta, 2023-yilning 9 oyi mobaynida esa 1 022 065 ta yo`llanma shakllangan. Bu degani, ushbu qulaylik orqali fuqarolarning nafaqat vaqti balki har yili 1.2 milliondan ortiq (6 tonna) qog`oz  tejalishiga erishiladi, — deyiladi xabarda.

To Top ↑
To Top ↑