Rossiya va Ukraina 4 nafar bolani qaytarish bo`yicha kelishuvga erishgan. Qatar yordamida olib borilgan muzokaralardan so`ng 4 nafar bola vataniga qaytariladigan bo`ldi, deb xabar qilmoqda The Washington Post .
Ukrainalik bolalar Qatarning Moskvadagi elchixonasiga olib kelindi va Estoniya, Latviya, Litva, Pol'sha orqali vataniga qaytarilgan.
Eslatib o`tamiz, Rossiya Ukrainaga bostirib kirgan paytda mahalliy hududlardagi yuzlab bolalarni Rossiyaga o`g`irlab ketgan edi.