Toshkent viloyati Nurafshon shahrida 6 yoshlilar uchun bepul ta'lim guruhlari yopilmoqda.
UzReport'ning ma'lum qilishicha, Nurafshon shahri hokimi qarori bilan 3 ta mahalladagi maktablarda tashkil qilingan majburiy bepul ta'lim guruhlari tugatilyapti. Sababi ularda o`qiydigan 6 yoshli bolalar soni kam. Hususan, “Degantepa”, “Chig`iriq” va “Oppoq” mahallaridagi 73, 19 va 10-maktablarda tuzilgan bepul ta'lim guruhlari endi yo`q.
Bu mahalladagi 6 yoshli bolalar maktabga tayyorlanmaydi, chunki ularning soni to`liq qamrovga etmagan. To`liq qamrov qancha bo`lishi ochiqlanmagan.