x

Qirg`iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Prezidentning 2023 yil 26 maydagi “Bolalarning bepul maktab ta'limi olish huquqini amalga oshirishning davlat kafolatlarini ta'minlash chora-tadbirlari to`g`risida”gi 136-son qarorini amalga oshirish to`g`risida”gi qarorni qabul qildi.  Bu haqda mamlakat Halq ta'limi vazirligi ma'lum qildi. 

Hujjatga ko`ra, davlat va shahar ta'lim muassasalarida pul mablag`larini noqonuniy undirishga yo`l qo`ygan shaxslar Qirg`iziston Respublikasining huquqbuzarliklar to`g`risidagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo`ladilar. 

Qarorda Moliya vazirligi tomonidan 2023 yilda davlat ta'lim muassasalariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, Bishkek va O`sh shaharlari hokimliklariga zarur bo`lgan xo`jalik buyumlarini ta'mirlash, muhofaza qilish va sotib olish uchun 557 million 158 ming som ajratilishi ko`zda tutilgan. 

Qaror rasmiy e'lon qilingan kundan boshlab etti kun o`tgach kuchga kiradi. 

Ma'lumot uchun, Prezident Sadir Japarov joriy yilning may oyida “Bolalarning davlat ta'lim tashkilotlarida (1-11 sinflar) bepul maktab ta'lim olish huquqini amalga oshirishning davlat kafolatlarini ta'minlash chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarorni imzolagan edi. Unga ko`ra, davlat ta'lim tashkilotlarida noqonuniy ravishda mablag` undirish va ular hisobidan davlat jamg`armalari tashkil etish taqiqlanadi.

To Top ↑
To Top ↑