x

O`zbekistonda endi maktab va maktabgacha ta'lim tashkilotlari atrofida, tezlik chegarasi 30 kilometr/soat qilib belgilangan hududlarda tezlikni oshirish holati qoidabuzarliklarni aniqlovchi maxsus qurilmalar tomonidan aniqlanishi amaliyotga joriy qilinadi. Bu haqda IIV JHD YHHH matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, yo`l harakati qoidalariga ko`ra, tegishli yo`l belgilari o`rnatilgan maktab va maktabgacha ta'lim tashkilotlari oldidagi yo`llarda transport vositalari tezligini soatiga 30 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.

Avvalroq maxsus kameralar xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalarini buzish holatlarini aniqlay boshlagani haqida xabar berilgan edi.

To Top ↑
To Top ↑