Yangiyo`lda yaqinining to`y marosimiga borgan ikki nafar yosh yigit o`z avtomashinasida rul' boshqaruvini qo`yvorib, tana qismlarini avtomashinadan chiqargani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Ushbu holat Toshkent viloyati IIBB JHD YHHB xodimlari tomonidan o`rganildi.
Aniqlanishicha, qoidabuzarlikni Toshkent viloyati Yangiyo`l tumanida yashovchi 22 yoshli yigitlar sodir etganligi aniqlanib, ularga qonuniy chora ko`rilishi ta'minlandi.
Holat yuzasidan Yangiyo`l tumanida o`tkazilgan sud majlisida qoidabuzar haydovchilarning har ikkisi ham 10 sutkaga qamaldi.