Venetsiyaning Mestre shahrida ichida yo`lovchilari bo`lgan avtobus yo`l o`tkazgichdan qulab tushdi. Kamida 21 kishi halok bo`ldi, 12 kishi jarohatlandi, bedarak yo`qolganlar bor.
Mahalliy prefekturaning qayd etishicha, avtobus temir yo`l vokzali yaqinida 10 metr balandlikdan elektr simlariga qulagan va yonib ketgan.
Messaggero gazetasining yozishicha, 20 kishi, jumladan, ikki bola halok bo`lgan, yana o`nlab odamlar jarohatlangan.
Avvaliga avtobus panjarani buzib o`tib, 10 metr balandlikdan elektr uzatish liniyasiga tegib, erga urilgan va bir zumda yonib ketgan. Avtobus metanda yurganligi sababli, ba'zi odamlar tiriklayin yonib ketishgan.