x

Hukumat qarori (516-son, 29.09.2023 y) bilan “Kollej va texnikumlarda qurilish, transport, kommunal, qishloq xo`jaligi va xizmat ko`rsatish sohalaridagi kasb (mutaxassislik) bo`yicha ta'lim olayotgan xotin-qizlarning to`liq davlat granti asosida ta'lim olish tartibi to`g`risida”gi nizom qabul qilindi

Nizomga ko`ra, kollej va texnikumlarga o`qishga qabul qilingan xotin-qizlar uchun talab etiladigan davlat granti mablag`lari respublika byudjetidan byudjet mablag`larini taqsimlovchi sifatida tizimida kollej va texnikumlar bo`lgan tegishli vazirlik va idoralarga ajratiladi.

Kollej va texnikumlarga tegishli yo`nalishlar bo`yicha to`lov-kontrakt asosida o`qishga qabul qilingan xotin-qizlar o`quv yilining 10 oktyabriga qadar ushbu kollej yoki texnikum direktori nomiga davlat granti asosida o`qish uchun ariza bilan murojaat qiladi.

Arizalar taalluqliligi bo`yicha kollej va texnikumlar tomonidan 3 ish kunida ko`rib chiqiladi hamda umumlashtirilgan holda, hududlardagi oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar boshqarmalariga taqdim etiladi.

Hududiy bo`linmalar har yili 15 oktyabrgacha umumlashtirilgan ma'lumotlarni ko`rib chiqadi hamda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga yuboradi.

Vazirlik har yili 20 oktyabrgacha umumlashtirilgan ma'lumotlar asosida davlat granti asosida o`qish uchun ariza bilan murojaat qilgan xotin-qizlar ro`yxatini taalluqliligi bo`yicha tizimida kollej va texnikumlar bo`lgan vazirlik va idoralarga taqdim etadi.

 Vazirlik va idoralar mazkur ro`yxat asosida xotin-qizlarning davlat granti asosida ta'lim olishlari uchun zarur mablag` ajratish yuzasidan har yili 25 oktyabrgacha Iqtisodiyot va moliya vazirligiga murojaat qiladi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi 5 ish kuni ichida tegishli mablag`larni mazkur vazirlik va idoralarga ajratadi.

Kollej va texnikumlar direktorlari 2023/2024 o`quv yilidan davlat granti asosida ta'lim oladigan xotin-qizlar uchun Davlat byudjetidan ajratiladigan mablag`larning maqsadli va samarali sarflanishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.

To Top ↑
To Top ↑