Ikki yoshli bemor buyragidagi toshlar lazerli endourologik operatsiya orqali olib tashlandi
Qashqadaryo viloyati bolalar ko`p tarmoqli tibbiyot markazida ikki yoshli bemorda lazerli endourologik jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli bajarildi.
“Siydik-tosh kasalligi. O`ng buyrak toshlari. Gidronefroz o`ngda. II daraja” tashxisi bilan muassasaning urologiya bo`limiga keltirilgan Doniyorjonning o`ng buyragida 2 ta tosh borligi tasdiqlandi.
Jarrohlar ingichka naycha orqali bolaning buyragidagi toshlarni lazerda maydalab, chiqarib olishdi.
Amaliyot kam invaziv usulda bajarilgani tufayli Doniyorjonga 3 kunda uyiga ruxsat berilishi kutilmoqda.