x

Samarqandda bolalar va yoshlarni iqlim kun tartibiga jalb etishga bag`ishlangan Markaziy Osiyo yoshlar ekologik oromgohi ish boshladi.

 

Qozog`iston, Qirg`iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O`zbekistondan 60 dan ortiq eko-faollar rahbarlari iqlim o`zgarishiga qarshi kurash bo`yicha harakatlarni ishlab chiqish, taklif va eko-tashabbuslarni ilgari surish uchun bitta platformaga yig`ilishdi.

Platforma, shuningdek, Markaziy Osiyoda yoshlar ekologik harakatini birlashtirishga qaratilgan. Markaziy Osiyo eko-oromgohi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishi vazirligi, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, “Zamın” xalqaro jamoat fondi, YuNISYeF, YuNYeSKO, BMTTD va FAO ko`magida tashkil etilmoqda.

Eko - oromgoh 1 oktyabrdan 5 oktyabrgacha ochiq bo`ladi.

 

To Top ↑
To Top ↑