x

Samarqand viloyatida o`zining 10 yashar jiyaniga zo`ravonlik qilgan 45 yoshli erkakka sud hukmi o`qildi

Joriy yilning iyul' oyida tahririyatimiz o`z tog`asi tomonidan zo`ravonlikka uchragan 10 yoshli qiz voqeasi haqida yozgan edik. Tergov hujjatlariga ko`ra erkak qizga zo`rlik ishlatib va qo`rqitib, yalang`och holatda jinsiy a'zolarini ko`rsatib, uni ham echintirib jinsiy aloqa qilishga undagan. 

Erkakka nisbatan o`shanda JK 129-moddasi 3-qismi (O`n to`rt yoshga to`lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atildi. Unga ko`ra 5 yildan 8 yilgacha qamoq jazosi ko`zda tutilgan. 

Erkak qizchani "jinsiy aloqa qilishga undagani"ni hisobga olib, Oliy sud plenumi qaroriga ko`ra uning hatti-harakatlari JK 119-moddasi 4-qismi bilan ham kvalifikatsiya qilinishi mumkinligiga e'tibor qaratgan edi. 

2023 yil 28 sentyabr' kuni jinoyat ishlari bo`yicha Jomboy tuman sudida T. N. (1978 yilda Jizzax viloyatida tug`ilgan, ishsiz, oilali, muqaddam sudlanmagan) ga oid jinoyat ishini ko`rib chiqish bo`yicha sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi e'lon qilindi. Erkak Jinoyat kodeksining 119-moddasi (jinsiy ehtiyojni zo`rlik ishlatib g`ayritabiiy usulda qondirish) 4-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 16 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. 

To Top ↑
To Top ↑