x

Toshkent shahri Mirobod tumanida 15 yoshli qiz zaharlanib, vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma'lum qildi. 

Qayd etilishicha, joriy yilning 28 sentyabr' kuni Mirobod tumani, Katta Mirobod ko`chasida yashagan 2008 yilda tug`ilgan voyaga etmagan M.A. vafot etgan. Sud-tibbiyot ekspertizasining dastlabki ma'lumotnomasiga ko`ra, o`smirning o`limiga “noma'lum etiologiyali moddadan zaharlanish” sabab bo`lgan.

Hozirda holat yuzasidan Mirobod tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o`tamiz, 21 sentyabr' kuni Namangan viloyatida 71 nafar bolada zaharlanish alomatlari kuzatilib, shifoxonaga olib kelingandi. 22 sentyabrda esa Andijon viloyatida ham 12 nafar bolada zaharlanish aniqlangandi. 23 sentyabr' kuni Toshkent shahrida ham ko`plab bolalar zaharlanib, shifoxonaga olib kelingandi. 

 

To Top ↑
To Top ↑