x

Toshkent shahri Sergeli tumanidagi omborxonada sodir bo`lgan kuchli portlash oqibatida 1 kishi halok bo`lgan. Sergeli tumani hokimligi matbuot xizmati kotibi Shamshoda Ibrohimova ushbu xabarni tasdiqlagan.

Qayd etilishicha, 15 yoshli bola boshiga rom tushib ketishi oqibatida vafot etgan. U tumandagi 305-sonli maktab o`quvchisi bo`lgan. Matbuot kotibning ta'kidlashicha, hozircha boshqa vafot etganlar haqida ma'lumot yo`q.

Jarohatlanganlar soni aniq emas, xatlov hali davom etayotgani uchun aniq son aytilmayapti. Qolganlarning engil jarohat olgani bildirilmoqda.

 

To Top ↑
To Top ↑