Sog`liqni saqlash vaziri Ajar Giniyat Qozog`istonda 21 yoshgacha bo`lgan shaxslarga energetik ichimliklar sotish taqiqlanishi mumkinligini ma'lum qildi. Bu haqda Tengrinews.kz xabar qildi.
«Bugun «Halq salomatligi to`g`risida»gi qonun loyihasi doirasida parlament deputatlar tashabbusi bilan 21 yoshga to`lmagan shaxslarga energetik ichimliklar sotishni taqiqlash to`g`risidagi normani ko`rib chiqmoqda», — dedi Giniyat hukumat brifingida.
Uning ta'kidlashicha, Sog`liqni saqlash vazirligi qonunni qo`llab-quvvatlagan.
«Bu yoshlar va bolalarning energetik ichimliklar iste'mol qilib, o`z sog`lig`iga zarar etkazayotgani uchun qilinmoqda. Bu me'yor haligacha muhokama qilinmoqda, hali qabul qilinmagan. Yaqin kunlarda ushbu qonun loyihasi Senatga yuborilishini kutmoqdamiz», — deydi vazir.
Qozog`istonda energetik ichimliklarni iste'mol qilish taqiqlanmagan, ammo 18 yoshgacha bo`lgan bolalar uchun «tavsiya etilmaydi».