Jahon yangiliklari
Arxeologlar Avstriya g`arbidagi tuz konidan tahminan 2000 yildan ortiq bo`lgan, yaxshi saqlanib qolgan bolalar charm poyabzallarini topdi.
Boxum shahrida joylashgan Germaniya konchilik muzeyi xabariga ko`ra, topilgan, taxminan 30 o`lchamdagi poyabzal miloddan avvalgi II asrga tegishli deb taxmin qilinadi. Poyabzal arxeologlar tomonidan tosh tuzi qazib olish temir davriga borib taqaladigan Dyurrnberg qishlog`ida topilgan, deyiladi Germaniya konchilik muzeyining tadqiqot bo`limi matbuot bayonotida.
Kondagi tuz konlari tufayli bolalar poyabzali juda yaxshi holatda saqlanib qolgan deyiladi.
Muzey ma'lumotlariga ko`ra, Dyurrnbergda temir davri konchilarining hayot tarixiga oid ma'lumotlar va faktlarni to`plash maqsadida qazishmalar olib borilmoqda.
Arxeologlar, shuningdek, yog`och belkurak, kiyimlarni topdilar.
Qayd etilishicha, topilgan poyabzal bog`ichlari qoldiqlari zig`irdan yasalgan bo`lishi mumkin.
Tadqiqotchilarning fikricha, oyoq kiyimlarning topilishi shaxtalarda bolalarning bo`lganligini tasdiqlaydi.