x

20 sentyabrda 1-sonli viloyat perinatal markazida 40 yoshli ayol 11-farzandini dunyoga keltirdi, deya xabar beradi.
Tibbiyot mutaxassislarining so`zlariga ko`ra, sariag`ashlik Aynagul bu safar operatsiyasiz tabiiy ravishda tug`gan. Hozir ona va bolaning ahvoli yaxshi. Shifokorlar nazorati ostida.
Bungacha Aynagulning oilasida 5 ta o`g`il, 5 ta qiz tug`ilgan. Endi ularning safiga Mustafo qo`shildi. Bolalarning eng kattasi 21 yoshda.
Eri Sariag`ash tumani Nurli jol qishlog`ida bosh imom-xatib bo`lib ishlaydi. Aynagul uyda bolalarga g`amxo`rlik qiladi.

To Top ↑
To Top ↑