Toshkentda 18 yoshli o`smir suratga tushish uchun poyezd vagoni tomiga chiqqanida uni 27 ming voltlik elektr toki urgan. Bu haqda «Millar» dasturida ma'lum qilindi.
HAbarda aytilishicha, voqea joriy yilning 20 sentyabrida soat 19:05 da «Hamza» stantsiyasida sodir bo`lgan.
Yigit elektr toki urib, erga yiqilgan va voqea joyiga etib kelgan stantsiya xodimlari uning yonib ketgan kiyimlarini o`chirishgan. Jabrlanuvchiga birinchi tibbiy yordam ko`rsatilgan va tez yordam chaqirilgan.
Yigit tanasining 98 foizi tok urishi natijasida kuygani va hozirda ahvoli og`ir ekani aytilmoqda. Huquq-tartibot idoralari xodimlari surishtiruv ishlarini olib bormoqda.