Qoraqalpog`iston tibbiyot institutining klinikasida yuragida tug`ma nuqsoni bo`lgan bolalarda bepul jarrohlik operatsiyalari olib borilmoqda.
Prezidentimizning tashabbusi bilan amerikalik va O`zbekiston Bolalar milliy tibbiyot markazining kardioxirurg shifokorlari tomonidan Qoraqalpog`iston tibbiyot institutining klinikasida yuragida tug`ma nuqsoni bo`lgan bolalarda Amerika standartlari asosida bepul jarrohlik operatsiyalari olib borilmoqda.
Aktsiya uch hafta davomida o`tkazilishi reja qilinib, 50 nafar bolada o`tkaziladi.
Bugungi kunga kelib 12 nafar bola murakkab jarrohlik operatsiya o`tkazildi. Ularning ahvoli qoniqarli deb baholanmoqda.