x

Jahon yangiliklari

Tennis bo'yicha "Katta dubulg'a" turnirlarining 20 karra chempioni, shveytsariyalik tennischi Rojer Federer ukrainalik bolalarga yordam ko'rsatish uchun yarim million dollar mablag' ajratdi.

"Men va oilam Ukrainada bo'layotgan hodisalarning suratlarini ko'rib tushkunlikka tushdik va u yerda jabrlanayotgan, halok bo'lgan kishilarga rahmimiz keldi. Biz tinchlik tarafdorimiz". – degan shveytsariyalik raketka ustasi o'zining Twitter sahifasida.

Shuningdek u birinchi navbatda urushdan aziyat chekayotgan bolalarga yordam berishni xohlayotganini aytgan. Uning ta'kidlashicha, hozirda 6 millionga yaqin ukrainalik bolalar maktabga bora olmaydi. Biroq ular hozir ayni bilim oladigan yoshda va buni kechiktirib bo'lmaydi. Tennischi bu borada ularni qo'llab-quvvatlashini bildirgan.

To Top ↑
To Top ↑