x

Farg`onada Post-patrul' xizmati xodimi bola ko`targan ayolni tepkilab, xizmat mashinasida majburan olib ketgani haqida xabar bergan edik. Holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ma'lumot berdi.

Qayd etilishicha, kecha, 18 sentyabr' kuni Post-patrul' xizmati xodimlari Farg`ona shahar Islom Karimov hamda Quvasoy ko`chalari chorrahasida xizmat olib borayotgan vaqtda, tilanchilik bilan shug`ullanayotgan ayoldan yo`lning qatnov qismidan chetga chiqishi so`ralgan.

Bundan ayolning jahli chiqib, xodimlarga qarshilik ko`rsatgan. Ayolni IIBga olib ketmoqchi bo`lishganda u qo`lidagi bolasini erga tashlab yubormoqchi bo`lgan payt xodimlar tomonidan ushlab qolingan. 

“Ammo xodimning keyingi hatti-harakatlari jamoatchilikning haqli e'tiroziga sabab bo`ldi”, deyiladi IIB munosabatida.

Mazkur holat yuzasidan shu kunning o`zida xizmat tekshiruvi o`tkazilib, kasb odobi va etikasiga amal qilmay, noo`rin harakatlar sodir qilgan PPH xodimi egallab turgan lavozimidan bo`shatilgan.

Shuningdek, viloyat IIB barcha shaxsiy tarkibi yuqoridagi kabi xarakatlarni sodir etmasligi yuzasidan qat'iy ogohlantirgan.

To Top ↑
To Top ↑