x

Bolajonlarning eng sevimli ovunchog`i shirinliklar ekani sir emas. Shirinlikni yomon ko`radigan bolaning esa o`zi yo`q. Shunday ekan har bir ota-ona farzandi xursand bo`lishi uchun unga turli shirinliklar olib berishadi. 

Shifokorlarning ta'kidlashicha, kimyoviy moddalarning rivojlanishi shirinliklarga ham o`z tasirini o`tkazmasdan qo`ymadi. Hozirgi arzon sifatsiz shirinliklarning zararini ko`rib chiqamiz.

«Ko`pchilik rangli shirinliklarga bo`yoqlar qo`shiladi. Bu esa bolada diareyaga va allergiyaga sabab bo`ladi! Aksariyat shirinliklar tarkibida shakar miqdori juda ko`p. Ortiqcha shakar bolaning buyrak osti bezini ishdan chiqarishi mumkin yoki qandli diabetga sabab bo`lishi mumkin!

Bola shirinliklarni iste'mol qilib, og`zini yuvmasligi natijasida tishlarda kariyes rivojlanadi! Ko`p shirinlik iste'mol qiladigan bola asabiy va kuchli qo`zg`aluvchan bo`ladi. Shirinlik semizlikka ham sabab bo`ladi Sun'iy meva ta'mini beruvchi moddalar qo`shilgan konfetlar eng zararli shirinliklar hisoblanadi. Ular bolada teri toshmalariga va tomoq og`rig`iga sabab bo`ladi», — deydi mutaxassis.

Demak, bolaga shirinlik xarid qilishdan oldin uning sifatli, kimyoviy va zararli qo`shimchalardan holi ekaniga to`liq ishonch hosil qilsangizgina uni olib berishingiz mumkin. Aks holda, bolani xursand qilaman deb uning salomatligini xavf ostiga qo`yishingiz mumkin.

To Top ↑
To Top ↑