Mahalliy yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlarda maktabgacha ta’lim muassasalaridan birida tarbiyachi bolalarni uxlatish, ularga ta’sir o‘tkazish maqsadida badanlariga igna sanchib, jarohat yetkazgani aks etgan foto va video tasvirlar tarqaldi. Ma’lum bo‘lishicha, mazkur holat Samarqand shahridagi Golden Kids xususiy bog‘chasida sodir bo‘lgan. Holatdan xabar topgan ota-onalar MTM tarbiyachisi bolalarga nina tiqib azoblab kelganidan shikoyat qilishgan.
Ayni paytda holat yuzasidan Samarqand shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 110-moddasi 2-qismi “a”, “v” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov xarakatlari olib borilmoqda.
Shu kabi turli vaziyatlar haqida xabar topsangiz, bu haqida tahririyatimizga xabar bering!
+998909430203
@bolalarolamiadmin
@bolalarolami_bot
ebolauz@gmail.com