Mahalliy yangiliklar
O`zbekistonning oliy va chekka hududlarda joylashgan 715 ta maktab o`quvchilari uchun bepul maktab avtobuslar yo`lga qo`yiladi. Bu haqda prezident farmoni bilan tasdiqlangan “O`zbekiston — 2030” strategiyasida belgilangan.
Strategiyada ta'lim tizimi islohotlari bo`yicha yana bir qator maqsadlar qo`yilgan. Hususan, umumiy o`rta ta'lim tizimida “Ta'lim uchun qulay muhit” dasturini amalga oshirish maqsadida maktablarni toza ichimlik suvi va zamonaviy sanitariya-gigiyena infratuzilmasi bilan to`liq ta'minlash rejalashtirilgan.
Umumiy o`rta ta'lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida 700 ga yaqin nomdagi yangi darsliklar, mashq daftarlari, pedagoglar uchun metodik qo`llanmalar va mobil ilovalar yaratiladi. Yangi avlod darsliklari asosida planshetlar uchun 1000 ta mul'timedia dasturlari yaratiladi.
Maktablarga har yili 500 nafar “til egalari” bo`lgan xorijiy mutaxassislar jalb etiladi. Barcha maktablarda kasb-hunarlarga o`rgatish kurslari joriy etiladi.
Bundan tashqari prezident maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablarning ta'lim metodikasi barcha umumiy ta'lim muassasalari o`quv jarayonlariga joriy qilinadi.