Mahalliy yangiliklar
Foto: usembassy.gov
Ular 11 hududdagi maktab va oliy o`quv yurtlari o`qituvchilari bilan hamkorlikda ish olib boradi, 10 oylik o`qitish va malaka oshirish dasturlarini o`tkazadi.
AQShdan 25 nafar ingliz tili o`qituvchisi O`zbekistonga keldi. Ular butun 10 oylik o`qitish va malaka oshirish dasturlarini o`tkazadi, mahalliy o`qituvchilar bilan birgalikda o`quvchi va talabalarga bevosita dars beradi.
AQShning Toshkentdagi elchixonasi xabar berishicha, guruh tarkibiga maktablarning 10-sinfidan to universitet darajasigacha bo`lgan bosqichda mahalliy ingliz tili o`qituvchilari bilan birgalikda dars beruvchi amerikalik 17 nafar ingliz tili o`qituvchisi kiradi.
Bundan tashqari, universitet darajasida ingliz tili o`qitish salohiyatini oshiradigan, boshqa tillarda so`zlashuvchilar uchun ingliz tili o`qitishga ixtisoslashgan 8 nafar tajribali o`qituvchi bor.
Amerikalik o`qituvchilarning 15 nafari AQSh Davlat departamentining Fulbright ingliz tili o`qitish bo`yicha yordamchisi (ETA) dasturi bir qismidir, 2 nafari esa O`zbekistonda ingliz tili o`qitishni davom ettirish maqsadida Toshkentdagi AQSh elchixonasining «Ingliz tili o`rgatuvchi» dasturida avval ham qatnashgan ETA bitiruvchilaridir.
O`qituvchilar AQShning turli qismlaridan — Kaliforniyadan Floridagacha bo`lgan hududlardan kelgan va O`zbekistonning 11 hududida ishlaydi.