x

Mahalliy yangiliklar

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida ijtimoiy xarajatlarni moliyalashtirish uchun Davlat byudjetidan 64,4 trln so`m yoki umumiy xarajatlarning 50 foizi miqdorida (YaIM ga nisbatan 13,7 foiz) mablag` sarflandi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi hisobotida qayd etib o`tildi.

Ushbu xarajatlarning 58,1 trln so`mi (90,1 foiz) ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo`llab-quvvatlash xarajatlari, 5,9 trln so`m (9,3 foiz) byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasiga transfertlar va 362,6 mlrd so`m (0,6 foiz) aholini uy-joy bilan ta'minlash dasturlarini moliyalashtirish uchun xarajatlar hissasiga to`g`ri kelgan.

Ta'lim tizimi muassasalarini saqlash va ularni rivojlantirish xarajatlariga esa Davlat byudjetidan 30,1 trln so`m yoki o`tgan yilning mos davriga nisbatan 6,2 trln so`m ko`p mablag` yo`naltirildi.

Bunda sohada faoliyat olib borayotgan xodimlarning ish haqi uchun davlat byudjetidan qariyb 18,7 trln so`m sarflandi. Bu ko`rsatkich o`tgan yilning mos davriga nisbatan 23 foizga o`sgan. 

To Top ↑
To Top ↑