2023 yilning 1 yanvar' holatiga O`zbekistonda ayol rahbarlar boshqaruvida kichik korxona va mikrofirmalarning mahsulot sotishdan tushgan sof daromadi 31,8 trln. so`mni tashkil etgan.
Bu haqda Statistika agentligi ma'lumot bermoqda.
Ayol rahbarlar boshqaruvidagi kichik korxona va mikrofirmalarning sof daromadi o`tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 9,2 trln so`mga oshgan.
2023 yilning 1 yanvar' holatiga O`zbekistonda ayol rahbarlar boshqaruvidagi kichik korxona va mikrofirmalar soni 39 078 tani tashkil etgan.