2023 yilning yanvar-avgust oylarida FHDYo organlari tomonidan O`zbekiston Respublikasida 627 196 nafar tirik tug`ilish holatlari qayd etilgan.
Statistika agentligiga ko`ra, bu o`tgan yilning mos davriga nisbatan 37 696 nafar (6,4 foiz)ga ko`p deganidir.
2023 yilning 8 oyida tug`ilganlarning 325 323 nafarini o`g`il bolalar, 301 873 nafarini esa qiz bolalar tashkil qilgan.