Jahon yangiliklari
Rossiyalik 7 yoshli qizaloq onasi bilan Yekaterinburgdagi Qora dengiz sohillariga dam olish uchun keldi. Dengizda suzib chiqqan qizaloqning tana harorati ko`tarilib, hushini yo`qotdi, deb yozmoqda SHOT telegram kanali.
Sochidagi kasalxonaga etkazilgan qiz reanimatsiya bo`limiga yotqizilgan. Uni davolash uchun Moskvaga jo`natmoqchi bo`lishadi, ammo shifokorlar qizning ahvoli og`ir ekanligini aytib, uni olib ketmaslikni aytishadi.
Bugun 7 yoshli qizaloq olamdan o`tdi. Dastlabki ma'lumotlarga ko`ra, u rotavirus infektsiyasi oqibatida vafot etgan. Ma'lumot o`rnida: rotavirus kichik yoshdagi bolalar o`rtasida ich ketish va qayt qilish belgilari bilan kechuvchi gastroenterit kelib chiqishini asosiy sababchisi hisoblanadi. Rotavirus infektsiyasini yuqtirgan bemor kasallikni yuqtirgandan so`ng xastalikning alomatlari paydo bo`lguncha o`rta hisobda 1 kundan 4 kungacha vaqt o`tadi. Kasallik keskin boshlanadi – tana harorati birdaniga yuqori 38-39 darajagacha ko`tarilib, 1-2 kun tushmaydi. Kasallik boshlanishida oddiy tumov va tomoq og`rishi ko`rinishida namoyon bo`lishi mumkin. Bunday hollarda shifokor rotavirus infektsiyasini nafas yo`llari kasalligi, gripp deb tashxis qo`yishi mumkin. Virus asosan oshqozon-ichak yo`lida tarqala boshlaydi. Bu virus ovqat hazm qilish fermentlarini ishdan chiqarib, ko`ngil aynishi va ich ketishiga sabab bo`ladi. Shuningdek, bu kasallik barcha hududlarda kuzatiladi, hatto yaxshi sanitariya-gigiyena standartlariga ega bo`lgan va xavfsiz ichimlik suvi bilan ta'minlangan davlatlarda ham.
Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining ma'lumotlariga ko`ra, dunyo bo`yicha har yili 275 million yosh bolalar va katta yoshdagi insonlar diareya kasalligiga chalinishi qayd etiladi. Shundan taxminan yarmi rotavirus xastaligidir. Olib borilgan tadqiqotlarda uch yoshgacha bo`lgan bolalarning 90 foizi rotavirus infektsiyasi bilan kasallanishi kuzatilgan.