x

Olti yoshli kanadalik qiz Simar Hurana Ginnesning rekordlar kitobiga kirib, dunyodagi eng yosh videoo`yinlar yaratuvchisiga aylandi. Bu haqda “Pravila jizni” nashri xabar bermoqda.

 

Simar dasturlashni o`rganishni bir yildan kamroq vaqt oldin boshlagan. Biroq unga mos sinflarni topish oson bo`lmagan, chunki ko`pchilik dasturlash maktablari yoshi tufayli uni qabul qilishdan bosh tortgan. Boshqa narsalar qatorida, videoo`yinlarni yaratish uchun tez yozish va o`qish qobiliyatlari talab qilinadi: o`qituvchilar qizning bu yoshda yaxshi o`qishiga va yozishiga ishonishmagan. Biroq oradan vaqt o`tib, Simarga o`qituvchi topilgan.

 

Bir necha oylik darslardan so`ng, Simar o`zining videoo`yinini yaratishga qaror qildi. Oilaviy shifokor qabuliga borish unga bu borada ilhom manbai bo`lgan, u qizaloqqa to`g`ri ovqatlanishning ahamiyati haqida gapirib bergan.

 

Huddi shu mavzuda Simar o`z o`yinini yaratdi va uni Healthy Food Challenge deb nomladi. Simarning fikricha, u yordamida  qizaloqning tengdoshlari to`g`ri ovqatlanish nima ekanini va keraktsiz ovqatni keraklisidan qanday ajratish kerakligini bilib olishadi.

 

Qizaloqning otasi uning matematikaga moyilligini payqab, farzandining bu borada qobiliyatli ekaniga ishongan. “Simar YouTube’dagi videolarni tomosha qilib, matematikani o`zi o`rgangan. U bolalar bog`chasiga borganida uchinchi sinf o`quvchilari ishlaydigan matematik masalalarni echa olardi. U topib olgan hamma narsasidan, jumladan, eski qog`ozlardan o`yinlar va san'at asarlarini yaratdi”, — deydi Simarning otasi.

 

Ginnesning rekordlar kitobiga kirish uchun Simar bir haftada to`rt marta dasturlash darslariga qatnagan. Shu bilan birga, qizaloq matematikani juda yaxshi ko`rishini va katta bo`lganida professional videoo`yinlar yaratuvchisi bo`lishni istashini aytgan.

Dilmurod TILOVOV tayyorladi

To Top ↑
To Top ↑