x

Qozog`istonning Chimkent shahrida shov-shuvli sud jarayoni yakunlandi. Turkiston viloyati ixtisoslashtirilgan tumanlararo sudi sud'yasi Sariog`osh tumanida 5 yoshli qizni o`ldirish va zo`rlashda ayblangan erkakka hukm chiqardi, deb xabar berdi

48 yoshli retsidivist avvalroq qotillikda ayblanib, 10 yil qamoqda o`tirib chiqqan. 2023 yilda u badanga og`ir shikast etkazgani uchun shartli qamoq jazosini o`tagan.

Prokuror ayblanuvchiga umrbod qamoq jazosi va kimyoviy kastratsiya qilishni so`ragan.

«Sud hukmi bilan sudlanuvchi aybdor deb topildi. Unga umrbod qamoq jazosi va kimyoviy kastratsiya jazosi tayinlandi. Sudlanuvchi jazoni qattiq rejimdagi muassasada o`taydi», deyiladi sud hukmida.

Mudhish jinoyat 14 iyul' kuni sodir bo`lgan. 5 yoshli Yerkejan Nurmaxon 13 iyul' kuni soat 13:00 atrofida g`oyib bo`lgan. Bir kun o`tib uning jasadi zo`rlanish belgilari bilan topilgan.

To Top ↑
To Top ↑