x

O`zbekistonda kamida 65 nafar bolaning o`limiga sabab bo`lgan «Dok-1 Maks» siropini davlat ro`yxatidan o`tkazishda laboratoriya tekshiruvidan umuman o`tmagani ma'lum qilindi.

Jinoyat ishlari bo`yicha Toshkent shahar sudida 6 sentyabr' kuni bo`lib o`tgan navbatdagi sud majlisida ayblanuvchilardan biri, «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi» DUKda ro`yxatdan o`tkazish bo`limi boshlig`i sifatida ishlagan G. S. (ayol kishi) shu haqda so`z ochdi.

«Laboratoriya sinovlari o`tkazilmagan, ro`yxatdan o`tkazish bo`limi yoki men ataylab, yomon niyatda yoki o`lim holatiga olib kelishini bilib turib, bu narsani qilmaganmiz. Amaliyot bo`lgani uchun qisman aybimga iqrorman. Shu sabab ham mana shu erda (qamoq ehtiyot chorasi qo`llanilgan) to`qqiz oydan beri o`tiribman», — deya sudlanuvchining so`zlaridan iqtibos keltirilmoqda.

Sudlanuvchi markazda 12 yildan beri faoliyat yurgani, shu davr mobaynida biror marta ham ro`yxatdan o`tgan doriga laboratoriya sinovlari o`tkazilganini eslay olmasligini aytdi.

To Top ↑
To Top ↑