x

Mahalliy yangiliklar

Toshkent shahrida 2023 yilning yanvar'—iyul' oylarida FHDYo organlari tomonidan 45 473 ta tirik tug`ilish holatlari qayd etildi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.

Shundan:

  • o`g`il bolalar – 23 571 nafar;
  • qiz bolalar – 21 902 nafar.

Statistika agentligining taqdim etgan ma'lumotlariga ko`ra, O`zbekistonda shu yilning dastlabki 6 oyi davomida o`g`il bolalar qizlarga nisbatan 16 ming 300 ta ko`p tug`ilgan.

O`zbekistonda 2023 yilning yanvar' oyida 76 199 nafar tirik tug`ilish holatlari FHDY organlarida qayd etilgan. Ulardan 1 816 nafari egizak chaqaloqlar hisoblanadi. Yanvar'—iyun' oylarida esa 434 519 ta tug`ilish qayd etilgan. 2022 yilda esa O`zbekistonda birinchi farzandini dunyoga keltirgan onalar soni 280 432 nafarni tashkil etgandi.

To Top ↑
To Top ↑