Navoiyda ayol yangi tug`ilgan qizini 90 million so`mga sotayotgan vaqtda qo`lga olindi.
Navoiy viloyati DHH, ichki ishlar hamda iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti viloyat boshqarmalari xodimlari hamkorligida o`tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro J.Ch. qizi 2023 yilda tug`ilgan B.D.ni boshqa bir fuqaroga 90 million so`mga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo`lga olingan.
Hozirda unga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 135-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Dilmurod TILOVOV tayyorladi