x

Amerikaning Shimoliy Dakota shtatida yashovchi 13 yoshli Uayatt Kauffman ismli bola ekskursiya chog`ida kanonning (tuproq eroziyasi natijasida paydo bo`lib tog`lar tizmasi) shimoliy qismidagi 30 metrlik cho`qqidan yiqilib, omon qoldi. Bu haqda “The Guardian” nashri xabar berdi.

U deyarli 30 metr balandlikdan qulagan. Bolani qutqarish uchun tez yordam ikki soat vaqt ichida etib kelgan. Unga to`qqizta umurtqa suyagining sinishi, taloq yorilishi, o`pka siqilishi, miya chayqalishi, qo`l sinishi hamda barmoq chiqib ketishi holatlari tashxisi qo`yilib, davolanish uchun samolyot bilan Las-Vegas kasalxonasiga etkazilgan. Unga 12 avgust kuni shifoxonadan uyiga ketishga ruxsat berilgan.

"Boshqalar suratga tushishi uchun men chetroqqa turgandim. Cho`kkalab, bir qo`lim bilan toshni ushlab olgan paytim hushimni yo`qotib, orqaga yiqila boshladim. Uyg`onganimni eslayman, tez yordam mashinasida edim. Vertolyotdan samolyotga olib o`tishdi va kasalxonaga olib kelishdi”, deydi Uayatt Kauffman.

Bolaning otasi Brayan Kauffman o`g`li yiqilib, uni qutqarib olishganidan xabar topganida uyda bo`lgan. Uning so`zlariga ko`ra, bola onasi bilan ekskursiyaga chiqqan.

Park xodimlarining ogohlantirishicha, bola yiqilib tushgan joy mashhur va go`zal manzaraga ega bo`lsada, tor va tik qoya hisoblanadi.

To Top ↑
To Top ↑