x

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining "2023 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo`shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko`chirish to`g`risida" 2022 yil 23 dekabrdagi PF-270-son farmoni asosida, Mustaqillik bayrami munosabati bilan o`zbekistonliklar ketma-ket 3 kun dam oladi. 

 

Ushbu dam kunlari sentyabrning dastlabki 3 kunini o`z ichiga oladi:

1 sentyabr' – juma (ishlanmaydigan bayram kuni);

2 sentyabr' – shanba (olti kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun qo`shimcha dam olish kuni); 

3 sentyabr' – yakshanba (dam olish kuni).

Shu munosabat bilan ta'lim muassasalarida dars jarayonlari 4 sentyabrdan boshlanadi.

To Top ↑
To Top ↑