Mahalliy yangiliklar
“Dok-1 Maks” dori vositasi bilan bog`liq jinoyat ishi (https://t.me/xavfsizlik_uz/770) yuzasidan
Toshkent shahar sudining ish yurituviga S. R. P. (erkak, 1972 yilda Hindiston Respublikasida tug`ilgan, “Quramax Medikal” MChJ direktori), S. K. (erkak, 1982 yilda Toshkent shahrida tug`ilgan, bir vaqtda Farmatsevtika tarmog`ini rivojlantirish agentligi direktori va uning huzuridagi “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUK direktori lavozimlarida ishlagan) va boshqalarga (jami 21 kishi: “Quramax Medikal” MChJ va “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUK mas'ul xodimlari) oid jinoyat ishi kelib tushgan bo`lib, uni ko`rib chiqish bo`yicha ochiq sud jarayoni joriy yilning 11 avgust kuni soat 10.00 da boshlanishi belgilandi.
Ayblanuvchilarning 16 nafari erkak va 5 nafari ayol bo`lib, ularning 7 tasiga “qamoqqa olish”, 12 tasiga “munosib xulq-atvorda bo`lish to`g`risida tilxat” va 2 tasiga “garov” tarzidagi ehtiyot choralari qo`llanilgan.
Ular Jinoyat kodeksining 184, 28,186-3, 186-3, 25,205, 205, 207, 28,209, 209, 210, 211, 212, 228-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.
Tasdiqlangan ayblov xulosasiga ko`ra sodir etilgan jinoyatlar oqibatida 65 nafar yosh bola vafot etgan.