Jahon yangiliklari
Ordabasi tuman markaziy shifoxonasining tug`ruq bo`limida polvon chaqaloq dunyoga keldi.
Qozog`istonning Ko`karal qishlog`ida yashovchi Kuntasova Gulmira Abduraxmanqizi og`irligi 5 120 gr, bo`yi 58 sm bo`lgan bahaybat o`g`il farzandni dunyoga keltirdi.
Bolaning vazni me'yordan ortiq bo`lishiga qaramay, ona uni normal homiladorlikda saqlay oldi va o`z vaqtida dunyoga keltirdi.
Hozir ona va bolaning ahvoli yaxshi, hammasi shifokorlar tomonidan qattiq nazoratga olingan.
Aytish joizki, chaqaloq oiladagi oltinchi farzand.