Tegishli Hukumat qaroriga (345-son, 08.08.2023 y) ko`ra, “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o`tkazishda quyidagilar talablar belgilandi:
➖ “Umra” xizmatlari faqat mahalliy turoperatorlar tomonidan amalga oshiriladi;
➖ “Umra” xizmatlari davomida ziyoratchilarning guruh rahbari etib, O`zbekiston musulmonlari idorasi bilan tuziladigan shartnoma asosida, diniy bilim va ko`nikmalarga ega bo`lgan mutaxassislar tayinlanadi;
➖ “Umra” xizmatlarini ko`rsatuvchi turoperator shtatida diniy (islomiy) ta'lim yo`nalishlari bo`yicha respublika ta'lim muassasasi yoki O`zbekiston xalqaro islom akademiyasining tegishli bakalavriat ta'lim yo`nalishi yoxud magistratura mutaxassisligi bitiruvchisi bo`lgan kamida bir nafar mutaxassis bo`lishi kerak;
➖ “Umra” xizmatlari voyaga etmagan fuqarolarga ko`rsatilmaydi;
➖ litsenziya olish uchun turistik firmalar 100 ming AQSh dollaridan kam bo`lmagan mablag`larni Turizm qo`mitasining Havfsiz turizm jamg`armasiga zaxira qilib qo`yishi kerak.
❗️Qo`shimcha litsenziya talab va shartlari 2023-yil 1-noyabrdan qo`llaniladi hamda litsenziyani qayta rasmiylashtirishda yig`im va davlat boji undirilmaydi.