x

Surxondaryo viloyati Angor tumanida o`z qizini 35 mln so`mga sotishga uringan fuqaro qo`lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Angor tumanida yashovchi shaxs tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda shu tumanda yashovchi 1969 yilda tug`ilgan I.Z. o`zining shar'iy nikoh asosida 2019 yildan buyon birga yashab kelayotgan turmush o`rtog`i H.S.ning 2023 yil 17 iyul' kuni tug`ilgan chaqaloq farzandini 35 mln so`mga sotayotganini ma'lum qilgan.

Ushbu ariza yuzasidan 19 iyul' kuni soat 21:00 larda mas'ul organlar tomonidan tezkor tadbir o`tkazilgan hamda ashyoviy dalillar bilan qo`lga olingan. Shu vaqtning o`zida xolislar ishtirokida hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Joriy yilning 22 iyul' kuni mazkur shaxsga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

To Top ↑
To Top ↑