Joriy yilning 27 iyul' kuni poytaxtda 17 yoshli o`smirni Malibu-2 mashinasi urib yuborishi oqibatida halok bo`ldi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi YHHB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 27 iyul' kuni soat 23:15 larda Yunusobod tumani Bog`ishamol ko`chasida 2002 yilda tug`ilgan O.A. boshqaruvidagi Malibu-2 mashinasi bilan piyoda A.S.ni urib yuborgan.
Ma'lum bo`lishicha, 2006 yilda tug`ilgan A.S. yo`lning tartibga solinmagan piyodalar o`tish qismidan kesib o`tayotgan paytida mazkur hodisa sodir bo`lgan. YTH oqibatida o`smir olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida halok bo`lgan.
“Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Hozirda tergov davom etmoqda”, deyiladi xabarda.
Dilmurod TILOVOV tayyorladi