x

2023-2024 o`quv yili uchun OTMga kirish test sinovlari respublika bo`yicha 72 ta binoda bo`lib o`tadi. Bu haqda Bilimni baholash agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko`ra, bir smenada 1 274 ta guruhda 38 220 nafar, bir kunda (ikki smenada) 2 548 ta guruhda 76 440 nafar abituriyent test sinovida ishtirok etadi.

Test sinovlari barcha hududlarda 1 avgust kuni boshlanib, hududlardagi abituriyentlar soni va binolar sig`imidan kelib chiqqan holda 11 kundan 13 kungacha davom etadi.

To Top ↑
To Top ↑