Hindistonda er-xotin iPhone 14 smartfonini xarid qilish uchun sakkiz oylik chaqalog`ini sotib yubordi.
Aytilishicha, Sati va Jadev ismli fuqarolar qashshoqlikda yashagan va ijtimoiy tarmoqlarga mukkasidan ketgan. Bir necha oy oldin ularning qo`shnilari bu er-xotinning o`g`li g`oyib bo`lganini payqab qolgan. Bu voqea oilada iPhone 14 smartfoni paydo bo`lgan paytga to`g`ri kelgani ularni shubhalantirgan.
Shundan so`ng, qo`shnilar politsiyaga murojaat qilgan. Olib borilgan tergovda ona bolasini gadjet sotib olish, shtat bo`ylab sayohat qilish va Instagram sahifasi uchun kontent yaratish uchun sotganini tan olgan.
Ma'lum bo`lishicha, er-xotin etti yoshli qizini ham sotishni rejalashtirgan. Ayolning eri esa hozirda qidiruvga berilgan. Huquq-tartibot idoralari sakkiz oylik chaqaloqning xaridorini ham qo`lga olgan.