x

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan ishlab chiqilgan mazkur metodik tavsiya maktabgacha ta‟lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilariga mo`ljallangan bo`lib, 72 soatlik taqvimiy mavzular rejasi, dars ishlanmalari, kommunikativ o`yinlar va foydali resurslar jamlanmasidan iborat. 

 -Ushbu tavsiyani tayyorlashda biz viloyatimizdagi eng tajribali va salohiyatli pedagoglarimizni jalb etdik, -deydi tavsiyaning mas'ul muharriri, xorijiy tillarni o`rganishni ommalashtirishni tashkil etish sho`basi mutaxassisi Marjona Nukarova. – Tavsiyani yaratish jarayonida 5-7-yoshli bolalarning yosh xususiyatlari va o`zlashtirish imkoniyatlarga alohida ahamiyat qaratildi. Shundan kelib chiqib, har bir mashg`ulotni qiziqarli o`yinlar bilan boyitishga harakat qildik. Binobarin, o`yinlar maktabgacha ta'lim tarbiyalanuvchilariga xorijiy tillarni o`qitishda eng samarali va sifatli yo`nalish hisoblanadi. o`yinlar uyatchan yoki xato qilishdan xavotirda bo„lgan bolalar uchun ham juda foydalidir. Bu ularga ingliz tilida xavfsiz va qiziqarli tarzda muloqot qilish imkoniyatini yaratib beradi.

Yangi – 2023-2024-o`quv yilidan boshlab mazkur metodik tavsiyani viloyatning barcha maktabgacha ta'lim tashkilotlarida amaliyotga joriy etish rejalashtirilgan. 

Shu munosabat bilan maktabgacha ta'lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan ingliz tili fani o`qituvchilari uchun o`quv-seminari tashkil etildi. 

Seminar davomida o`qituvchilarga metodik tavsiyani yaratishdan maqsad, uning mazmun-mohiyati xususida batafsil tushunchalar berildi va mualliflar tomonidan trening mashg`ulotlari olib borildi. 

 

To Top ↑
To Top ↑