Sog`liqni saqlash vazirining tegishli buyrug`i bilan Jamila Po`latova Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori lavozimiga tayinlandi.
J.Po`latova 1998 yili II Toshkent davlat tibbiyot institutini tamomlab, klinik ordinatura va aspirantura bosqichlarida tahsil olgan.
Mehnat faoliyatini Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida katta ilmiy xodimlikdan boshlab, etakchi ilmiy xodim, bo`lim ilmiy rahbari vazifalarida mehnat qilgan.
Tibbiyot fanlari doktori, professor J.Po`latova tayinlovga qadar Toshkent davlat stomatologiya institutining onkologiya va tibbiy radiologiya kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelayotgan edi.