x

Buyuk Britaniyada Adrian Li ismli 11 yoshli bola aqliy qobiliyat darajasi (IQ) bo`yicha Stiven Hoking va Al'bert Eynshteynni ortda qoldirib, dunyo bo`yicha eng yuqori natijani qayd etdi. Bu haqda “The Mirror” xabar berdi.

Taxminlarga ko`ra, umume'tirof etilgan daholar aqliy qobiliyat darajasi bo`yicha 160 ball, Adrian Li esa 162 ball to`plagan. 

Bolaning onasi aytishicha, uning farzandi ikki yoshidanoq o`qishni boshlagan. 

“Adrian hatto sakkiz yoshida romanlar yozishni boshlagan. Hozirda u o`smirlar uchun Qadimgi Rim haqida roman yozmoqda, umid qilamanki, u shu yilning kuziga qadar nashr etiladi”, deydi Lining onasi. Uning qo`shimcha qilishicha, Adrian boshlang`ich maktabda bir nechta akademik mukofotlarga sazovor bo`lgan hamda test va imtihonlarni yaxshi ko`radi.

Onasining so`zlariga ko`ra, sentyabr' oyida bola Barnetdagi Qirolicha Yelizaveta maktabiga o`qishga kirmoqchi va u erda xuddi shunday iste'dodli bolalar bilan uchrashishiga umid qilmoqda.

“Avvaliga men Mensa IQ jamiyatiga qo`shilish uchun 148 ball olish haqida o`yladim. Men hech qachon Eynshteyndagi 160 ga yaqinlasha olaman deb o`ylamagan edim. Bu men uchun juda hayratlanarli va hissiyotli edi. Balki bir kun kelib men o`z orzuyimni – kardiolog bo`lish, Kembrijda diplom olish va dunyodagi eng yaxshi shifokor bo`lishni ro`yobga chiqararman”, deydi bolaning o`zi.

Dilmurod TILOVOV tayyorladi

To Top ↑
To Top ↑