x

Ijtimoiy tarmoqlarda bog`cha tarbiyachisi bolalarni urayotganligi aks etgan video tarqaldi. Unda » Yangiyo`l tumani Ibrat MFYdagi bog`chada bolalarni bog`cha opa urmoqda»,deya izoh qoldirilgan. Holat bo`yicha Toshkent viloyati IIBB rasmiy ma'lumot berdi.

Aniqlanishicha, shu yil 18 iyul kuni Yangiyo`l tumani “Ibrat” MFYda joylashgan “Ominaxon” nomli nodavlat oilaviy MTTda tarbiyachi bo`lib ishlovchi, 2002-yilda tug`ilgan ayol shu bog`chadagi ikki nafar (5-6 yoshli) o`g`il bolalar o`zaro talashib, mashg`ularga xahal bergani uchun urushib, oyoq kiyimi bilan urgan.

Jarayon voqeaga guvoh bo`lgan shaxs tomonidan tasvirga olinib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan.

Holat yuzasidan IIB tomonidan tarbiyachi va boshqa mas'ullar bilan profilaktik suhbat o`tazilib, bolalarni sud tibbiy ekspertizasidan o`tkazish uchun yo`llanma berilgan.

Ekspertiza xulosasi va o`tkazilayotgangan tergovga qadar tekshiruv natijasi bo`yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta'minlanadi.

O`rganish davomida tarbiyachi tegishli tartibda ishdan bo`shatilib, tadbirkor ogohlantirilgan

To Top ↑
To Top ↑