Jahon yangiliklari
Kecha Rossiya harbiy kuchlari Ukrainaning Mariupol shahridagi tug‘ruq kompleksiga artilleriyadan zarba berdi.
Ukraina rasmiylarining xabariga ko’ra, hujum oqibatida 17 kishi turli darajada jarohatlangan.
Bu haqda o’zining Telegram va Twitterdagi rasmiy sahifalarida ma’lumot bergan Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy kasalxona vayronalari ostida qolganlar orasida bolalar ham borligini ta’kidlagan va buni vahshiylik deb atagan.