x

Rossiyada bir oylik chaqalog`i bilan qiyin ahvolda qolib ketgan ayol O`zbekistonga qaytarildi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning may oyida o`zbekistonlik fuqaro O.J. ishlash maqsadida Rossiya Federatsiyasida bo`lib turgan turmush o`rtog`ining yoniga borib, iyun' oyida qiz farzandli bo`lgan. Biroq noma'lum sabablarga ko`ra O.J.ning umr yo`ldoshi hibsga olingan. 

Bir oylik chaqalog`i bilan og`ir moliyaviy ahvolga tushib qolgan O.J. agentlikning Yekaterinburgdagi vakilligiga murojaat qilgan.

Holat o`rganilib, ayol Yekaterinburgdagi “Kolsovo” xalqaro aeroporti orqali Yekaterinburg-Toshkent aviareysi bilan O`zbekistonga qaytarilgan.

To Top ↑
To Top ↑