x

Ayni kunlarda shaxmat bo`yicha xalqaro “Aimchess Rapid” onlayn turnirining 4-bosqich bahslari o`tkazilmoqda. Musobaqada ishtirok etayotgan o`zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov yarim final yo`llanmasiga ega chiqdi.

4-bosqichning 1-turida Abdusattorovga amerikalik grossmeyster Uesli So raqiblik qildi. Tomonlar umumiy 5 ta partiyada yarim final yo`llanmasi uchun kuch sinashdi. Dastlabki ikki partiyada durang qayd etildi. 3-partiyada Soning qo`li baland kelgan bo`lsa, 4-partiyada Abdusattorov g`alaba qozondi. Hal qiluvchi 5-partiyada ham o`zbekistonlik shaxmat ustasining qo`li baland keldi. 

Shunday qilib, umumiy 3:2 hisobida zafar quchgan Abdusattorov turnirning yarim finaliga yo`l oldi. Yarim finalda Nodirbekka armanistonlik Levon Aronyan raqiblik qiladi. 

Ta'kidlash joiz, Abdusattorov ishtirok etayotgan divizionda Uesli So va Levon Aronyandan tashqari Vladimir Fedoseev, Fabiano Karuana, Eduardo Bonelli, Yorden van Forest va Magnus Karlsen kabi grossmeysterlar g`oliblik uchun kurash olib bormoqda.

To Top ↑
To Top ↑