Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahrida 21 yoshli yigit cho`kib ketayotgan ona va bolani qutqarib qoldi.
Qayd qilinishicha, Saidislombek Abdulqosimzoda shahar markazidan oqib o`tuvchi «Janubiy Mirzacho`l» kanalida ona va bolani cho`kayotganini ko`rib qolib, ularni qutqarishga oshiqqan va buning uddasidan chiqqan.
«Kanal atrofiga yugurgani chiqaman. Qarasam ona o`z bolasini qutqaraman deb suvga tushgan ekan. Ikkalasi ham cho`ka boshladi. Ularni ko`rgan zahoti hayolimda faqat tezroq ko`maklashish bo`ldi. O`zim ham cho`kishimga oz qoldi. Birinchi bo`lib bolani olib chiqdik. Keyin onasiga yordam berdik, bu juda qiyin bo`ldi», dedi yigit.
Dilmurod TILOVOV tayyorladi